Barkolaning sobiq murabbiyi: «U «Liverpul» haqida anchadan beri orzu qilardi»
4 SENTYABR, 2026, 07:34
«Lion» yoshlar akademiyasida Bredli Barkola bilan ishlagan murabbiy Amori Barle futbolchining «Liverpul»ga bo'lgan alohida munosabati haqida gapirdi.
Frantsiyalik vinger yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida «PSJ»dan «Liverpul»ga o'tib, mersisaydliklar safiga qo'shildi.
«Barkola hali bolaligidayoq men bilan doimo «Liverpul» haqida gaplashardi. U 15–16 yoshlaridayoq shu jamoada o'ynashni orzu qilardi», — dedi Barle.
Bredli Barkolaning transferi «Liverpul»ga 125 million evroga tushdi. Futbolchi «PSJ»da uch yil to'p tepdi, undan oldin esa o'zining tarbiya klubi «Lion» sharafini himoya qilgan.
2 sentyabr kuni «to'quvchilar» akademiyasining mashhur tarbiyalanuvchisi 24 yoshni qarshiladi.
Manba: stadion.uz
