Flik «Barselona» futbolchisi transferini bekor qilishni so'radi
4 SENTYABR, 2026, 07:34
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Brayan Farinyasning sotilishiga to'sqinlik qildi.
20 yoshli futbolchi mavsumoldi mashg'ulotlaridan birida nemis murabbiyini shu qadar hayratga solganki, Flik sport direktori Dekudan uni «Jirona»ga 3 million evroga sotish bo'yicha kelishuvni bekor qilishni so'ragan. Bu haqda jurnalist Luis Roxo xabar berdi.
«La Masiya» tarbiyalanuvchisi o'zining universalligi bilan ajralib turadi: u hujumkor yarim himoyachi, tayanch yarim himoyachi va qanot himoyachisi pozitsiyalarida o'ynay oladi.
Brayan Farinyas hali «Barselona» asosiy jamoasi safida debyut qilmagan. Yarim himoyachi joriy La Liga mavsumida kataloniyaliklar o'tkazgan uchta uchrashuvning barchasida zaxirada qoldi.
Manba: stadion.uz
