«Chelsi» yozda 39 futbolchi bilan xayrlashdi
4 SENTYABR, 2026, 07:00
Londonning «Chelsi» klubi yozgi transfer oynasi davomida 39 nafar futbolchi bilan xayrlashdi. BBC xabar berishicha, «ko'klar» futbolchilar sotuvidan umumiy hisobda 160 million evrodan ortiq mablag' olgan va amalda foyda ko'rgan.
Jami 17 nafar futbolchi sotilgan, yana 22 nafari ijaraga berilgan.
Bundan tashqari, jamoani erkin agent maqomida tark etgan 4 nafar yosh futbolchi bu hisobga kiritilmagan. Barcha sotuvlarga qaramay, «Chelsi»ning asosiy tarkibida hozir ham 30 nafar futbolchi bor.
39 nafar sotilgan yoki ijaraga berilgan futbolchilar orasida Entso Fernandes ham bor. Uning «Manchester Siti»ga 145 million evro evaziga o'tishi Britaniya transfer rekordining takrorlanishi bo'ldi. Senegallik hujumchi Nikolas Jekson esa 75 million evroga «Aston Villa»ga o'tdi.
Manba: stadion.uz
