"Real"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
4 SENTYABR, 2026, 03:34
Kilian Mbappe "Real Madrid"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
27 yoshli hujumchi muxlislar ovoz berishida Arda Gyuler, Jud Bellineam, Vinisius Junior va Federiko Valverdeni ortda qoldirib, g'alaba qozondi.
O'tgan oy frantsuz futbolchisi Madrid klubi safida uchta o'yinda maydonga tushdi va to'rtta gol urdi.
Manba: stadion.uz
