logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Martinellining "Al-Hilol"ga sotilishi "Arsenal" tarixidagi eng qimmat transfer bo'ldi

 4 SENTYABR, 2026, 03:00

25 yoshli vinger Gabriel Martinellining "Arsenal"dan "Al-Hilol"ga o'tishi London klubi tarixidagi eng qimmat transfer bo'ldi. Futbol transferlarini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portaliga ko'ra, braziliyalik futbolchiga 70 million evro to'langan.

Transfer rasman 3 sentyabr, payshanba kuni e'lon qilindi. Martinelli yangi klubi bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi. Bungacha "Arsenal" tarixidagi eng qimmat transfer yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlenning "Liverpul"ga 38 million evroga o'tishi bo'lgan.

"Arsenal" tarixidagi eng qimmat transferlar:

1. Gabriel Martinelli «Al-Hilol»ga — € 70 mln.
2. Aleks Oksleyd-Chemberlen «Liverpul»ga — € 38 mln.
3. Nikolya Anelka «Real»ga — € 35 mln.
4. Aleksis Sanches «Manchester Yunayted»ga — € 34 mln.
5. Sesk Fabregas «Barselona»ga — € 34 mln.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ