"Portu" "Ayaks" markaziy himoyachisi uchun rasmiy taklif yubordi
4 SENTYABR, 2026, 01:34
"Portu" markaziy himoyachi Yuri Bas uchun "Ayaks"ga rasmiy taklif bilan chiqdi, deb xabar beradi Nikolo Skira.
23 yoshli niderlandiyalik futbolchi bu mavsumda oltita o'yinda bitta gol urdi. Bas "Ayaks"ning asosiy jamoasida jami 97 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urgan va bitta golli uzatma bergan.
Yuri 2023-24 yillarda "NES"da ijara asosida o'ynagan va 2025 yilda Niderlandiya terma jamoasiga chaqirilgan, ammo debyut qilmagan.
Manba: stadion.uz
