U-20 Osiyo Kubogi saralash bosqichi: O'zbekiston Hindistonni yirik hisobda mag'lub etdi
4 SENTYABR, 2026, 00:00
2027 yil Xitoyda bo'lib o'tadigan yoshlar (U-20) o'rtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasining saralash bosqichiga start berildi. O'zbekiston U-20 terma jamoasi joy olgan “B” guruhi uchrashuvlariga Milliy futbol markazi mezbonlik qilmoqda. Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi jamoa 1-turda Bangladeshni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Gollarga Ulug'bek Maratov (29-daqiqa), Quvonchbek Abraev (35), Shorahim Shorahmedov (66) va Nurbek Sersenbaev (90) mualliflik qildi.
O'zbekiston navbatdagi uchrashuvini Suriya (6 sentyabr) yoshlariga qarshi o'tkazadi.
Ma'lumot uchun, mazkur turnir 2027 yilning 24 martidan 10 aprelga qadar Xitoyda o'tkaziladigan Osiyo Kubogiga saralash vazifasini o'tab beradi. Saralash bosqichining guruh g'oliblari va eng yaxshi 7 ta 2-o'rin egalari asosiyy musobaqaga yo'llanma oladi.
Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Kuchli to'rtlikdan joy olgan jamoalar mezbon O'zbekiston bilan bir qatorda Osiyo futbol konfederatsiyasi vakillari sifatida Ozarbayjon va O'zbekistonda o'tkaziladigan 2027 yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi. O'zbekiston esa musobaqaga hammezbon sifatida avtomatik tarzda kichik mundialga yo'llanma olgan.
U-20 Osiyo Kubogi-2027, Saralash turniri
Hindiston — O'zbekiston 0:4
Gollar: 0:1 — Ulug'bek Maratov (29), 0:2 — Quvonchbek Abraev (35), 0:3 — Shorahim Shorahmedov (66), 0:4 — Nurbek Sersenbaev (90)
Manba: stadion.uz
