Abdel-Aziz jurnalistni Xabib jamoasini taqib qilishda aybladi
3 SENTYABR, 2026, 18:00
Taniqli UFC menejeri Ali Abdel-Aziz jurnalist Ariel Xelvani bilan keskin munosabatda bo'lib, uni Umar Nurmagomedov mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, Xabib Nurmagomedov jamoasi atrofidagi vaziyatni salbiy yoritganlikda aybladi."Ariel Xelvani, sening Xabib va uning jamoasiga nisbatan doimiy salbiy munosabating jonimga tegdi. Usman Nurmagomedov akasi bilan sodir bo'lgan voqea tufayli ruhiy tushkunlikka tushgan va qattiq qayg'uda edi. Gap oila haqida ketganda, hissiyotlar ustun kelishi mumkin va har birimiz shoshma-shosharlik bilan munosabat bildirishimiz mumkin.
Bugun men Yurayya Feyber bilan gaplashdim va u menga ushbu vaziyat davomida jamoa o'zini juda hurmatli va munosib tutganini aytdi.
Ariel, sen shov-shuv ortidan quvuvchisan. Odamlar qiyin damlarni boshdan kechirayotgan paytda sen drama qidirasan va buni kontentga aylantirasan. Aynan shuning uchun ham hech qaysimiz senga intervyu berishni xohlamaymiz. Janjallar ortidan quvishda davom etaver. Biz esa o'zimiznikilarga g'amxo'rlik qilishda davom etamiz", — deb yozdi Abdel-Aziz o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Manba: olamsport.com
