logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

US Open 2026 uchinchi davrasiga etib kelgan Rahimova yaxshigina mukofot puli va reyting ochkosi ishlab oldi

 3 SENTYABR, 2026, 11:32

Nyu-York shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 108 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi US Open 2026 turnirida ikkinchi tennischimiz ham muvaffaqiyatli odimlamoqda.

Ikkinchi raketkamiz Kamilla Rahimova ikki g'alabasi evaziga 1/16 final bosqichiga yo'llanma olgani haqida xabar bergan edik. Vakilamiz uchinchi bosqichga chiqish orqali 130 reyting ochkosi hamda 290 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini kafolatladi.

Ayni paytda WTA reytingida 92-o'rinni egallab turgan Kamilla Rahimova ertaga, 4 sentyabr kuni dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ