logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rafinya, Bellingem, Obameyang, Baena va Tenalya La Ligada oyning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga nomzod sifatida ko'rsatildi

 3 SENTYABR, 2026, 10:32

Ispaniya La Ligasi oyning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlar ro'yxatini elon qildi.

Avgust oyi yakunlariga ko'ra mukofotga besh nafar futbolchi davogarlik qilmoqda:

Per-Emerik Obameyang ("Deportivo") – maydonda 265 daqiqa, 3 ta gol, 6 ta yutilgan yakkakurash, uzatmalar aniqligi – 76%;

Aleks Baena ("Atletiko") – maydonda 163 daqiqa, 3 ta gol, 1 ta assist, 4 ta yutilgan yakkakurash, uzatmalar aniqligi – 83%;

Jud Bellingem ("Real") – maydonda 245 daqiqa, 2 ta gol, 2 ta assist, 24 ta yutilgan yakkakurash, uzatmalar aniqligi – 95%;

Rafinya Dias ("Barselona") – maydonda 229 daqiqa, 5 ta gol, 1 ta assist, 9 ta yutilgan yakkakurash, uzatmalar aniqligi – 90%;

Nauel Tenalya ("Alaves") – maydonda 270 daqiqa, 1 ta gol, 16 ta yutilgan yakkakurash, uzatmalar aniqligi – 80%.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ