Qatar Osiyo chempioni bo'lgan qita birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi nechanchi o'rinni egalladi? (+FOTO)
1 SENTYABR, 2026, 13:32
Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qilgan hamda jahon chempionatiga yo'llanmalar o'ynalgan gandbol bo'yicha yoshlar (U18) o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.Ushbu qita birinchiligida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etdi. Qo'l to'pi ustalarimiz A guruhida 3-o'rinni egallab, 1/4 finalga yo'l olishgandi. To'rtta o'yinning ikkitasida g'alaba qozonib, qolgan ikkisida mag'lub bo'lgan yoshlarimiz A guruhida 3-o'rin bilan pley-offga chiqishgan edi.
Afsuski, yoshlarimiz jahon chempionati yo'llanmasi uchun kechgan chorak final bahsida Eron terma jamoasiga 24:36 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Eron, Bahrayn, Koreya Respublikasi va Qatar terma jamoalari kelasi yili o'tkaziladigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 5-8 o'rinlar uchun o'tkazilgan uchrashuvda Saudiya Arabistoni yoshlariga 27:38 hisobida yutqazishdi. Keyin esa 7-8 o'rinlar uchun kechgan bahsda Iordaniya gandbolchilaridan 25:29 hisobida engilib, Osiyo chempionatini 8-o'rinda yakunlashdi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida Qatar terma jamoasi Bahrayndan 28:24 hisobida ustun kelib Osiyo chempioniga aylandi. Bronza medali uchun kechgan murosasiz bahsda esa Koreya Respublikasi gandbolchilari bitta to'p farqi bilan Eron terma jamoasidan ustun kelishdi - 29:28.



Manba: olamsport.com
