logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

US Open 2026. Birinchi raketkamiz ham g'alaba bilan boshladi

 1 SENTYABR, 2026, 09:48

Nyu-York shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 108 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi US Open 2026 turniri ikkinchi tennischimiz uchun ham muvaffaqiyatli boshlandi.

O'tgan hafta yakunlariga ko'ra O'zbekistonning birinchi raketkasiga aylanib olgan Mariya Timofeeva 1/64 final uchrashuvini o'tkazadi. Vakilamiz birinchi davrada sloveniyalik Tamara Zidanshek bilan hisob-kitob qildi. Bir soatu 47 daqiqa davom etgan bahsda Mariya raqibasini 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Taqqoslash uchun, Timofeeva hozirda WTA reytingida 86, saralash bahslaridagi uchta g'alabasi evaziga asosiy to'rga etib kelgan Zidanshek esa 146-pog'onadan joy olgan. Mariya 2, Tamara 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Zidanshekda ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. 

Timofeevaning 1/32 finaldagi raqibasi bugun dunyoning 20-raketkasi, belgiyalik Elize Mertens hamda reytingning 107-pog'onasida borayotgan ispaniyalik Ketlin Kuvedo o'rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ