logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sultonov ikki g'alabasi evaziga asosiy to'rga chiqdi. Ilk davrada o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz!

 31 AVGUST, 2026, 19:32

Xitoyning CHjanczyagan shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 107 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning saralash bahslari yakunlandi.

International Challenger-Zhangjiagang saralash turnirida ikkinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz Humoyun Sultonov ikki g'alabasi evaziga asosiy to'r yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Ikkinchi raketkamiz 1/2 finalda xitoylik Fumin Jiangni 6/4, 6/3 hisobida mag'lub etdi. Saralashning final bahsida esa avstraliyalik Joshua CHarltondan uch set natijasiga ko'ra ustun keldi - 3/6, 6/3, 6/4. 

Taqqoslash uchun, ayni paytda Sultonov ATP reytingida 466, Fumin 1718, CHarlton esa 755-pog'onadan joy olgan. Endi asosiy to'rning ilk bosqichida o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Sultonov mamlakatimizning birinchi raketkasi, jahon reytingida 295-o'rinni egallab turgan Sergey Fominga qarshi kortga chiqadi.   



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ