logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rasman. Angliya terma jamoasi azosi "Al-Hilol"ga o'tdi

 31 AVGUST, 2026, 19:16

"Aston Villa" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkins Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga o'tdi.

Bu haqda APL klubining rasmiy saytida xabar berildi.

Insayderlarning malumotiga ko'ra, bitim qiymati 58,4 million evroni va yana 2 million evro bonus ko'rinishida tashkil etdi.

30 yoshli futbolchi 2020 yildan beri "Aston Villa" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U 91 ta gol bilan klubning APL tarixidagi eng yaxshi to'purari hisoblanadi. Bundan tashqari, u jamoaning zamonaviy tarixida 100 ta gollik dovonni zabt etgan birinchi futbolchiga aylandi.

O'tgan APL mavsumida Uotkins 37 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ