logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Yangilangan WTA reytingida O'zbekistonning birinchi raketkasi o'zgardi

 31 AVGUST, 2026, 15:16

Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional tennischilarning yangi haftalik reytingini elon qildi.

Ikki haftalik AQSH Ochiq chempionati oldidan yangilangan reytingda O'zbekistonning birinchi raketkasi o'zgardi. Uzoq muddat birinchi raqamli tennis malikamiz bo'lib kelgan Kamilla Rahimova o'z o'rnini Mariya Timofeevaga bo'shatib berdi. Masha o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan olti pog'onaga yuqorilab, 86-o'ringa joylashdi. Rahimova esa, aksincha, 4 pog'onaga pastlab, 92-o'ringa tushib qoldi. Uchinchi raketkamiz Polina Kudermetova ayni paytda dunyoning 97-raketkasi bo'lib turibdi. 

Qolgan tennis malikalarimiz reytingda pastlashdi. To'rtinchi raqamli tennischimiz Layma Vladson 5, Sevil Yuldasheva 2, Milana Maslenkova 8, Vlada Yakshibarova 5 pog'onaga pastladi. Darya SHubina o'tgan haftadagi o'rnini o'zgarishsiz saqlab qoldi. 

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Arina Sobolenko hamon dunyoning birinchi raqamli tennis malikasi bo'lib turibdi. Lekin US Open yakuni bo'yicha karvoboshi o'zgarishi mumkin. Ikkinchi o'rinda borayotgan qozog'istonlik Elena Ribakina peshqadamdan 434 ochkoga ortda qolmoqda. 


WTA reytingi. 30 avgust kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) – 8575 ochko

2. (2) Elena Ribakina (Qozog'iston) – 8141

3. (3) Jessika Pegula (AQSH) – 7265

4. (4) Koko Goff (AQSH) – 6704

5. (5) Mirra Andreeva (Rossiya) – 5443

6. (6) Linda Noskova (CHexiya) – 5028

7. (7) Karolina Muxova (CHexiya) – 4983

8. (8) Iga SHvyontek (Polsha) – 4809

9. (9) Elina Svitolina (Ukraina) – 4689

10. (10) Amanda Anisimova (AQSH) – 4533...


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

86 (92). Mariya Timofeeva – 890

92 (88). Kamilla Rahimova – 852

97 (96). Polina Kudermetova – 783

582 (577). Layma Vladson – 84

965 (963). Sevil Yuldasheva – 27

1157 (1149). Milana Maslenkova – 13 

1417 (1412). Vlada Yakshibarova – 6 

1526 (1526). Darya SHubina – 3



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ