logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Jastin Getji: "Ikkala qo'lim ham Topuriya bilan bo'lgan jangdan keyin haliyam og'riyapti"

 31 AVGUST, 2026, 11:48

UFC`ning engil vazn toifasidagi chempioni Jastin Getji 2027 yilgacha oktagonga chiqishni rejalashtirmayotganini tan oldi.

Uning dam olishiga sabab bo'layotgan omillardan biri — iyun oyida Iliya Topuriyaga qarshi o'tkazilgan jangda olgan jarohatlaridir.

"Jangdan keyin uyga qaytganimda, uch hafta davomida davolanishimga to'g'ri keldi, — dedi Getji "Sports Illustrated" nashriga bergan intervyusida. — Men hali ham zarba bera olmayapman. Ikkala qo'lim ham jangdan keyin hamon og'riyaptiki, hali tuzalmagan. SHuning uchun yil oxirigacha shunchaki chempionlik maqomimdan zavqlanmoqchiman. Qolaversa, yilning birinchi yarmida allaqachon ikki marta jang o'tkazib ulgurgandim".

Getji, shuningdek, kelgusi yili oktagonga qaytishni rejalashtirayotgan Iliya Topuriya uning navbatdagi raqibi bo'lishiga shubha bildirdi. "Albatta, kim bilan jang qilishimni UFC hal qiladi... Lekin bu Topuriya bo'ladi deb o'ylamayman. SHunchaki shunday his qilyapman", — dedi chempion.

Eslatib o'tamiz, Jastin Getji iyun oyida "UFC Freedom 250" turnirida Iliya Topuriyani mag'lub etgan edi. Ispan-gruzin jangchisining sekundantlari to'rtinchi raunddan so'ng jarohatlari tufayli uni jangdan olishgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ