logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Lausanne Grand Slam 2026. Terma jamoamiz 5 ta medal bilan 77 davlat orasida nechanchi bo'ldi? FOTOGALEREYA

 31 AVGUST, 2026, 10:32

SHveycariyaning Lozanna shahri mezbonlik qilgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o'z yakuniga etdi.

Uch kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan dunyoning 77 davlati orasida Top-6`talikdan joy oldi. Musobaqaning so'nggi kuni jamoamiz uchun muvaffaqiyatli keldi. -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlar dzyudochilarimiz benefisiga aylanib ketdi. 

Umar Bozorov sharafiga SHveycariya zaminida O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Bozorov faoliyatidagi uchinchi Grand Slam medalini qo'lga kiritdi. U shu kungacha Tbilisi Grand Slam 2025`da oltin, Tbilisi Grand Slam 2025`da kumush medalga sazovor bo'lgan edi. 


Lausanne Grand Slam 2026 g'olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medal

-90 kg: Umar Bozorov


Kumush medallar

-81 kg: Arslonbek Tojiev

-90 kg: Nurbek Murtazoev


Bronza medallar

-60 kg: Samariddin Qo'chqorov

-100 kg: Ernazar Sarsenbaev 














Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ