logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

US Open 2026. Kamilla Rahimova ilk davrada dunyoning 29-raketkasini taslim etdi

 31 AVGUST, 2026, 09:48

Nyu-York shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 108 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi US Open 2026 turnirining asosiy to'r bahslari start oldi.

Musobaqaning asosiy to'rida ikki vakilamizning ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova 1/64 final uchrashuvida shov-shuvli g'alabaga erishdi. Hamyurtimiz ilk bosqichda chexiyalik Barbora Kreychikovaga qarshi kortga chiqdi. 

Bir soatu 55 daqiqa davom etgan bahsda Rahimova dunyoning sobiq birinchi raketkasini 7/6(4), 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Barbora turnirda 27-raqam ostida tasniflangan edi. Eyslar bo'yicha chexiyalik tennis malikasi katta ustunlikka erishdi - 8 ga 1. Ikkala tennischi bir xilda - 8 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi.

Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvi edi - 1:1. 2021 yilda aynan US Open turniri doirasida o'tgan ilk bahsda Kreychikova zafar quchgandi. Rahimova ayni paytda WTA reytingida 92, Kreychikova esa 29-o'rinni egallab turibdi. Kamillaning 1/32 finaldagi raqibasi bugun yaponiyalik Aoi Ito (reytingdagi o'rni 373) hamda ispaniyalik Oksana Selexmeteva (93) o'rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ