logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rojer Federer tennis shon-shuhrat zaliga kiritildi

 30 AVGUST, 2026, 19:00

AQSHning Nyuport shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra chempioni Rojer Federerni Xalqaro tennis shon-shuhrat zaliga kiritish marosimi bo'lib o'tdi.

Bu haqda International Tennis Hall of Fame rasmiy sayti xabar berdi.

8 avgust kuni Federer 45 yoshga to'ldi. SHveycariyalik tennischi faoliyatini 2022 yil sentyabr oyida Londonda bo'lib o'tgan "Leyver kubogi — 2022"da ishtirok etganidan so'ng yakunlagan edi. Rojer o'z xayrlashuv uchrashuvini juftlik bahsida "Katta Dubulg'a" turnirlarining 22 karra chempioni, sobiq birinchi raketka, ispaniyalik Rafael Nadal bilan birgalikda o'tkazgan.

Avvalroq Rojer US Open — 2026 doirasidagi "Muxlislar haftaligi"da ikkita ko'rgazmali o'yin o'tkazgan edi. Dastlab tennischi Endi Roddikka qarshi bitta set o'ynab, 6:3 hisobida g'alaba qozondi. So'ngra Jon Makinroy bilan juftlikda Andre Agassi va Roddikni 7:5 hisobida mag'lub etdi.





Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ