logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

US Open 2026. Bugun Rahimova, ertaga Timofeeva asosiy to'rdagi ishtirokini boshlaydi

 30 AVGUST, 2026, 16:48

Bugun Nyu-York shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 108 million AQSH dollarini tashkil qilgan US Open 2026 turnirining asosiy to'r bahslariga start beriladi.

Musobaqaning asosiy to'rida ikki vakilamiz ham o'z mahoratini namoyish etadi. Qura natijasiga ko'ra, O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova 1/64 final uchrashuvida chexiyalik Barbora Kreychikovaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bugun bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi. Rahimova ayni paytda WTA reytingida 88, Kreychikova 28-o'rinni egallab turibdi. 

Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva esa ertaga 1/64 final uchrashuvini o'tkazadi. Vakilamiz birinchi davrada sloveniyalik Tamara Zidanshek bilan hisob-kitob qiladi. Ularning uchrashuvi ertaga soat 22:00da boshlanishi belgilangan. Timofeeva hozirda WTA reytingida 92, Zidanshek esa 146-pog'onadan joy olgan. 

Eslatib o'tamiz, uchinchi raketkamiz Polina Kudermetova garchi saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan bo'lsa-da, ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rgan va musobaqadagi ishtirokini erta yakunlagan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ