logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Barselona" himoyachisi € 8,5 mln evaziga "Real Sosedad"ga o'tdi

 30 AVGUST, 2026, 11:48

"Real Sosedad" rasmiy saytida "Barselona"ning o'ng qanot himoyachisi Ektor Fort bilan shartnoma imzolanganini elon qildi.

Basklar bilan tuzilgan bitim 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. OAV malumotlariga ko'ra, 20 yoshli ispan futbolchisining transfer summasi 8,5 million evroni tashkil etdi.

Fort — ko'k-anorranglilar akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U kataloniyaliklarning asosiy jamoasida 2023 yilning oxirida debyut qilgan va jami 30 ta o'yinda maydonga tushib, uchta golli uzatma bilan ajralib turgan. 2025/2026 yilgi mavsumda futbolchi ijara huquqi asosida "Elche" sharafini himoya qilgan. Ektor barcha turnirlarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. "Transfermarkt" internet-portali malumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy bozor qiymati — € 12 mln.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ