logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Humoyun bilan jang qilishi kutilgan Madrahimov Toshkentga oktagonga chiqadi + POSTER

 30 AVGUST, 2026, 11:00

Tojikistonlik Fazliddin "Karim" Madrahimov hamda hamyurtimiz Humoyun To'xtamurodovning o'zaro jang o'tkazishi haqidagi gaplar tresh-tokligicha qolib ketadiganga o'xshaydi.

Madrahimovga 5 sentyabr kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena"da tashkil etiladigan Octagon 91 turniri kardidan jang berildi. Divizionning vaqtinchalik chempioni bo'lib turgan Fazliddin shu kuni liga debyutanti qozog'istonlik Dmitriy Mixaylidiga qarshi oktagonga ko'tariladi. Liga matbuot xizmati ushbu jangni rasman tasdiqladi. 

Malumot uchun, Mixaylidi MMAdagi faoliyati davomida 14 g'alaba va 7 mag'lubiyat qayd etgan. Madrahimov hisobida 17 g'alaba, 6 mag'lubiyat va 1 durang bor. 

"Toshkentda uzoq kutilgan turnirning asosiy kardi qiziqarli qarama-qarshilik bilan boyidi. Qozog'istonlik jangchi ligada debyut qilmoqda va darhol chempion bilan to'qnash keladi. Dmitriy yosh bo'lishiga qaramay, tajribali, u ham stoykada, ham parterda xavfli. Mixaylidi engil vazn toifasiga kirib kelib, ko'plab muxlislarning kutgan natijalarini o'zgartirmoqchi.

Karim vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritdi va mutlaq chempionlik uchun jang qilish huquqini mustahkamladi. Tojikistonlik yakkakurash yulduzi bekor o'tira olmaydi va yangi chaqiruvlarni talab qilmoqda. Madrahimov muxlislarga oktagonda shou ko'rsatish va turnirning barcha etiborini yana o'ziga qaratish uchun Toshkentga uchib kelmoqda!", deyiladi Liga matbuot xizmati taqdim etgan press-relizda.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ