Lausanne Grand Slam 2026. Bugun og'ir vaznli dzyudochilarimizga muxlislik qilamiz. Ular orasida To'raboev ham bor!
30 AVGUST, 2026, 09:32
SHveycariyaning Lozanna shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning uchinchi kuni og'ir vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi.Bugun musobaqaning so'nggi kuni erkaklar o'rtasida -90, -100, +100 kg, ayollarda esa -78, +78 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining 9 nafar dzyudochisiga muxlislik qilamiz. Ular orasida Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Muzaffarbek To'raboev ham bor.
Bugungi saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 12:30da boshlanadi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimizning ilk davra bahslari:
-90 kg: Nurbek Murtazoev
-90 kg: Umar Bozorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
-100 kg: To'lqinbek Turdiev
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev
QIZLAR
-78 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Marjona Ko'chimova
+78 kg: Umida Nig'matova
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Eslatib o'tamiz, musobaqaning ikki kunlik bellashuvlarida Arslonbek Tojiev (-81 kg) kumush, Samariddin Qo'chqorov (-60 kg) esa bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
