logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Gandbol. Yoshlarimiz Eronga qarshi Jahon chempionati chiptasi uchun parketga chiqishdi

 29 AVGUST, 2026, 15:00

Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qilayotgan gandbol bo'yicha yoshlar (U18) o'rtasidagi Osiyo chempionatida 1/4 final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu qita birinchiligida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Qo'l to'pi ustalarimiz A guruhida 3-o'rinni egallab, 1/4 finalga yo'l olishgandi. To'rtta o'yinning ikkitasida g'alaba qozonib, qolgan ikkisida mag'lub bo'lgan yoshlarimiz A guruhida 3-o'rin bilan pley-offga chiqishgan edi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Afsuski, yoshlarimiz jahon chempionati yo'llanmasi uchun kechgan chorak final bahsida Eron terma jamoasiga 24:36 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Eron, Bahrayn, Koreya Respublikasi va Qatar terma jamoalari kelasi yili o'tkaziladigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Endi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun 5-8 o'rinlar uchun o'tkaziladigan uchrashuvda Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi parketga chiqadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ