logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Lausanne Grand Slam 2026. Bugun to'rt nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi

 29 AVGUST, 2026, 11:16

SHveycariyaning Lozanna shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning ikkinchi kuni o'rta vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi.

Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar dzyudochisiga muxlislik qilamiz. Bugungi saralash bahslari ham bizning vaqt bilan soat 11:30da boshlanadi. Dzyudochilarimizga bo'lajak murosasiz bellashuvlarda g'alaba va omad yor bo'lsin.


Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimizning ilk davra bahslari:

-81 kg: Arslonbek Tojiev – Maksim Malshch (Germaniya)

-63 kg: Marjona Nurulloeva – Renata Zachova (CHexiya)

-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva  – Tamara Lishchenko (Rossiya) 

-70 kg: SHirinjon Yuldasheva – Katarzina Sobierayska (Polsha)


Eslatib o'tamiz, kecha musobaqaning ilk kuni -60 vazn toifasidagi vakilimiz Samariddin Qo'chqorov bronza medali bilan birga qimmatli 500 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ