logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Toshkent Osiyo Paralimpiya qo'mitasi Bosh assambleyasiga mezbonlik qiladi

 28 AVGUST, 2026, 18:16

Osiyo Paralimpiya qo'mitasi (APC) tashkilotning 2027 yilgi konferenciyasi, taqdirlash marosimi va Bosh assambleyasini o'tkazish huquqi mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahriga berilganini malum qildi.

Yurtimiz o'z tarixida mazkur tadbirga ilk bor mezbonlik qiladi.

Toshkent shahri Osiyoning beshta Milliy Paralimpiya qo'mitalari tomonidan taqdim etilgan arizalar o'rtasidagi tanlov yakunlariga ko'ra, mezbon shahar sifatida tanlandi. Osiyoning 45 ta Milliy Paralimpiya qo'mitasi vakillari, shuningdek, APC Ijroiya kengashi azolari, azo qo'mitalar, sportchilar, xalqaro federaciyalar, musobaqalar tashkiliy qo'mitalari hamda xalqaro sport tashkilotlari vakillari APC'ning eng muhim tadbirlaridan biri doirasida Toshkentda jam bo'lishi kutilmoqda.


Dasturdan Osiyoda Paralimpiya harakatini rivojlantirish bilan bog'liq muhim yo'nalishlarga bag'ishlangan taqdimotlar, muhokamalar va seminarlarni o'z ichiga olgan APC konferenciyasi o'rin oladi. SHundan so'ng, Bosh assambleya bo'lib o'tadi. Unda APC azolari tashkiliy va strategik masalalar, shuningdek, mintaqadagi Paralimpiya harakatining kelgusidagi rivojlanish yo'nalishlarini muhokama qiladi. Poytaxtimizda, shuningdek, taqdirlash marosimidan buyon Osiyo Paralimpiya harakatiga qo'shilgan ulkan hissa va erishilgan yutuqlarni etirof etuvchi Osiyo mukofotlari topshiriladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ