logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xitoy 2027 yilgi Formula-1 mavsumini ochib berishi mumkin

 28 AVGUST, 2026, 15:32

Yaqin SHarqdagi vaziyat sabab Bahrayn va Saudiya Arabistonida poygalarni o'tkazish imkonsiz bo'lib qolsa, Xitoy 2027 yilgi Formula-1 mavsumiga mezbonlik qilishi mumkin

Bu haqda OAV xabar bermoqda. Avstraliya Gran-prisini boshqa sanaga ko'chirish esa yangi pit-boks binosidagi qurilish ishlari sababli imkonsiz. «Formula-1» rahbariyati sentyabr oyida joriy mavsumning Qatar va BAAda o'tkazilishi rejalashtirilgan bosqichlari taqdirini ham hal qiladi.

The Race nashri xabar berishicha, «Formula-1» rahbariyati Yaqin SHarqdagi keskin vaziyat saqlanib qolgan taqdirda Bahrayn va Saudiya Arabistonida 2027 yilgi poygalarni o'tkazishning imkoni bo'lmasligi mumkinligini hisobga olib, mavsum taqvimi uchun zaxira variantini tayyorlagan. Asosiy muqobil variant sifatida mavsumni Xitoyda boshlash ko'rib chiqilmoqda.

Asosiy rejaga ko'ra, 2027 yilgi mavsum 14 mart kuni Bahraynda start olishi, 21 mart kuni Saudiya Arabistonida navbatdagi bosqich o'tkazilishi, shundan so'ng esa ketma-ket uchta poyga — Avstraliya Gran-pri (4 aprel), Yaponiya (11 aprel) va Xitoy (18 aprel) Gran-prisi bo'lib o'tishi kerak. Biroq mintaqadagi vaziyat mazkur sanalarda poygalarni o'tkazishga imkon bermasa, zaxira rejasiga ko'ra mavsum Xitoyda boshlanadi va undan keyin Yaponiya bosqichi o'tkaziladi.

Qayd etilishicha, Avstraliya bosqichini bundan ertaroq sanaga ko'chirishning imkoni yo'q. Bunga mart oyigacha yakunlanmaydigan yangi pit-boks binosi qurilishi sabab bo'lmoqda. Zaxira rejasi amalga oshirilsa, Avstraliya Gran-pri, katta ehtimol bilan, aprel oyidagi o'z o'rnida qoladi yoki Osiyo bosqichlaridan keyin o'tkaziladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ