logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

UEFA Infantinoga qarshi jinoiy ish qo'zg'atishga tayyorlanmoqda

 28 AVGUST, 2026, 15:16

UEFA Jahon chempionatlari huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotishga urinish munosabati bilan FIFA prezidenti Janni Infantinoga qarshi jinoiy ish qo'zg'atishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bu haqda “Sky News” xabar bermoqda.

Yuridik hujjatlarga ko'ra, UEFA va boshqa manfaatdor tomonlar SHveycariyada Infantinoga, shuningdek, FIFAning boshqa rasmiylari va maslahatchilariga qarshi jinoiy arizalar topshirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Gap, xususan, SHveycariya Jinoyat kodeksining 158-moddasi bo'yicha ehtimoliy “jinoiy noto'g'ri boshqaruv” haqida bormoqda.

Hujjatlarda takidlanishicha, kelishuv tuzilmasi, uni baholash, moliyalashtirish va ilgari surish jarayonlari yashirincha amalga oshirilgan hamda FIFA obro'siga, uning boshqaruv tizimiga, tijoriy aloqalariga va boshqa milliy associaciyalar manfaatlariga to'g'ridan-to'g'ri zarar etkazgan bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, UEFA ushbu sxemaga aloqador hujjatlarni taqdim etish talabi bilan Nyu-York Janubiy okrugi tuman sudiga murojaat qildi. So'rovlar JPMorgan, Thrive Capital investiciya kompaniyasi va uning rahbari Joshua Kushnerga tegishlidir.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ