"Xamzatdan qochish kerak emas". UFC sobiq chempioni Dyu Plessiga maslahat berdi
30 IYUL, 2025, 15:16
UFC sobiq chempioni, hozirda sharhlovchi va tahlilchi sifatida faoliyat yuritayotgan britaniyalik Maykl Bisping Drikus Dyu Plessi va Xamzat CHimaev o'rtasidagi to'qnashuv haqida fikr bildirdi."Dyu Plessining bir nechta jiu-jitsu bo'yicha qora kamar sohiblaridan iborat jamoa bilan jang qilib, ularni birma-bir enggan videosi bor. U katta, kuchli va ajoyib dzyudo mahoratiga ega.
CHimaevning Uittaker bilan nima qilganini ko'ring. Usmanga nimalar qilganini ko'ring. Albatta, Usmanning eng yaxshi kunlari o'tib ketgan, deyish mumkin, lekin u Xoakin Bakliga qarshi ham juda kuchli ko'rindi. U hali ham formada. CHimaev mana shunday darajada kuchli.
Agar siz undan qochishni rejalashtirsangiz, faqat shunga vaqt sarflaysiz. U baribir sizni qo'lga oladi. Baribir yuzma-yuz jang qilish kerak. Uni o'zining uslubida engishga harakat qiling", – dedi Bisping ESPN efirida.
Manba: olamsport.com
