Mujibillo Tursunov ringga qaytyapti. U Rossiyada jang qiladi
26 AVGUST, 2026, 17:32
30 avgust kuni Rossiya Federaciyasining Yakutsk shahridagi Triumph Sports Comlex majmuasida IBA tomonidan prof boks oqshomi o'tkaziladi.Ahamiyatlisi, unda ikki nafar o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ringga chiqishadi.
Xususan, WBC Gran-prisining 2025 yilgi finalchisi Mujibillo Tursunov turnir doirasida rossiyalik Pavel Fyodorov bilan to'qnash keladi.
SHuningdek, Nodirbek G'oyibov ushbu musobaqada mezbon yurt vakili Stanislav Vasilev bilan bahs olib boradi.

Manba: olamsport.com
