Monterrey Open. Timofeeva dunyoning 53-raketkasiga imkon qoldirmadi
26 AVGUST, 2026, 08:32
Meksikaning Monterrey shahrida WTA 500 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 1 million 206 ming 446 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.Xabar berganimizdek, Monterrey Open — WTA 500 turnirining saralash bosqichi hal qiluvchi final uchrashuviga O'zbekistonning birinchi xamda ikkinchi raketkalari - Kamilla Rahimova va Mariya Timofeeva etib kelgandi. Ularning o'zaro uchrashuvida g'alaba qozongan Mariya asosiy to'rga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.
Bugun tong saharda Timofeeva 1/16 final bosqichida dunyoning 53-raketkasi, xitoylik SHuay CHjanga qarshi kortga chiqdi. Oltmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda hamyurtimiz tajribali raqibasini ortiqcha qiyinchiksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/3.
Bu tennischilarimizning o'zaro o'tkazgan birinchi uchrashuvi bo'ldi. Timofeeva 4 ta eys zarbasini amalga oshirib, 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. CHin yurti vakilasida eys zarbasi bo'lmadi. Qo'shxatolari esa 3 tani tashkil etdi.
Taqqoslash uchun, Mariya Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 96, SHuay CHjan 53-o'rinni egallab turibdi. Ertaga vakilamiz 1/8 finalda dunyoning 30-raketkasi, turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan amerikalik Li Annga qarshi kortga chiqadi.

Manba: olamsport.com
