logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Jizzaxda 4 mlrd 634,2 mln so'm evaziga bunyod etilgan Qilichbozlik majmuasi foydalanishga topshirildi

 25 AVGUST, 2026, 19:32

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Jizzax shahridagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida zamonaviy Qilichbozlik majmuasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, Jizzax viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Zafar Azimov, rasmiylar, sport sohasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Qayd etish joizki, mazkur zamonaviy majmua O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi tomonidan ajratilgan 4 mlrd 634,2 mln so'm mablag' hisobidan bunyod etildi.

Majmuaning foydalanishga topshirilishi Jizzax viloyatida qilichbozlik sport turini yanada rivojlantirish, yosh va iqtidorli sportchilarni saralash, ularning sport mahoratini oshirish hamda yuqori natijalarga erishishi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratishda muhim qadam bo'ldi.

Mazkur majmuada yosh qilichbozlarning muntazam va sifatli mashg'ulot olib borishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilgani kelgusida viloyat va mamlakatimiz terma jamoalari safini munosib sportchilar bilan to'ldirish, xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini himoya qiladigan chempionlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
















Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ