logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Infantino yirik futbol mamlakatlarini tanqid qildi

 25 AVGUST, 2026, 17:48

FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionatini boshqarish huquqini sotish g'oyasidan voz kechganiga qaramay, bu g'oya futbol rivojiga turtki berishiga ishonib, uni himoya qilishda davom etmoqda.

Jahon futboli rahbarining takidlashicha, huquqlarni sotishdan tushgan mablag'lar evaziga yirik futbol terma jamoalari unchalik katta bo'lmagan ishtirokchilarga yordam berishi mumkin edi:

“Afsuski, ayrimlarga boshqalarning rivojlanishi kerak emas va ular buni istashmaydi ham. Ammo biz yirik, juda yirik davlatlar va boshqa barcha mamlakatlar o'rtasidagi tafovutni qisqartirishimiz kerak.

Kattalar ajoyib ishlarni amalga oshirishmoqda, biz ularni maqtaymiz va tabriklaymiz. SHubhasiz, ular ham rivojlanishda davom etishlari kerak, lekin biz qolgan barchaga ham imkoniyat berishimiz shart. Biz qolgan barcha uchun investiciyalar va imkoniyatlar topishimiz kerak”, – deya takidladi Infantino Dominikan Respublikasiga tashrifi chog'ida.

Eslatib o'tamiz, Infantinoning Jahon chempionatini boshqarish bo'yicha 20 foiz huquqlarni sotish g'oyasi futbol olamida katta tanqidlarga sabab bo'ldi. Ayniqsa, FIFAdan alohida qo'shma musobaqalar o'tkazish g'oyasini faol ishlab chiqayotgan hamda Infantinoni jahon futbolining bosh organi rahbarligidan chetlatish rejasini tuzayotgan Evropa va SHimoliy Amerikada bu keskin norozilik uyg'otdi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ