logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Atletiko" Alvaresni "Arsenal"ga qanchaga sotishga tayyorligi malum

 25 AVGUST, 2026, 14:16

"Arsenal" Ispaniyaning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish uchun 150 million evro (128.4 mln funt) sarflashiga to'g'ri keladi.

Butun yoz davomida "Atletiko" Alvaresning sotilmasligini takidlab, La Ligadagi raqobatchilari — "Barselona" va "Real" tomonidan bildirilgan qiziqishlarni to'sib keldi.

Biroq "The Athletic" nashriga "Atletiko" rahbariyatiga yaqin manbalardan malum bo'lishicha, Madrid klubi Alvaresni ko'rsatilgan 150 mln evro evaziga La Ligadan tashqariga sotishga tayyor.

Bunday summa Alvaresni Premer-liga tarixidagi eng qimmat xaridga aylantirgan bo'lar edi, ammo "Arsenal"ning asosiy muammosi — bu pul emas.

Alvares "Barselona" haqida orzu qilishini sir tutmaydi, shuning uchun "Arsenal" 26 yoshli argentinalik futbolchi 2022 yildan 2024 yilgacha "Manchester Siti"da to'p surgan Angliya Premer-ligasiga qaytishga haqiqatan ham qiziqish bildirgan taqdirdagina rekord darajadagi taklifni ilgari surishga tayyor bo'ladi.



Manba: olamsport.com

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ