Polina Kudermetovaning US Open 2026 saralashidagi uchrashuvi 68 daqiqa davom etdi
25 AVGUST, 2026, 11:32
O'zbekistonning uchinchi raketkasi "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 54 mln AQSH dollarini tashkil etuvchi US Open 2026 turnirining saralash bahslarida birinchi raqam ostida tasniflangandi.Hamyurtimiz saralashning 1/4 finalida chexiyalik 21 yoshli Linda Fruxvirtovaga qarshi kortga chiqdi. Oltmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda afsuski, Polina reytingda o'zidan quyida borayotgan raqibasiga deyarli qarshiliksiz imkoniyatni boy berib qo'ydi - 1/6, 3/6.
Taqqoslash uchun, 23 yoshli Kudermetova WTA reytingida 97, Fruxfirtova 179-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Ilk bahs 2024 yil 23 sentyabr kuni Pekin shahridagi turnir doirasida bo'lib o'tgan va unda Kudermetova 6/7(3), 6/1, 6/2 hisobida g'alaba qozongan edi. Linda bugungi g'alabasi bilan muvozanatni tiklab qo'ydi - 1:1.

Manba: olamsport.com
