“Barselona” Levandovski ketganidan so'ng hujumchi masalasida kutilmagan echim topdi
24 AVGUST, 2026, 16:32
“Barselona” ikkinchi jamoa hujumchisi Hamza Abdilkarim bilan shartnomani uzaytirmoqchi.Insayder Fabricio Romano xabar berishicha, Kataloniya klubi 18 yoshli misrlik futbolchi va uning vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
“Barselona” futbolchi uchun yaxshilangan shart-sharoitlarni tayyorlab qo'ygan hamda amaldagi shartnomadan 15 million evro miqdoridagi belgilangan tovon puli bandini olib tashlash niyatida.
comhttps://backend.championat. ... 53351 alt="2.jpg" width="100%" align="center" class="fr-fic fr-dii">
SHu bilan birga, tomonlar o'rtasidagi yakuniy kelishuvgacha hali bor.
Yaqinda Abdilkarim “Barselona”ning asosiy tarkibida o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldi va “Al Ahli”ga qarshi Gamper Kubogi uchrashuvida (2:1) gol urdi. SHuningdek, futbolchi Primeraning 1-turidan o'rin olgan “Elche”ga qarshi o'yinda (5:0) qaydnomaga kiritildi, ammo maydonga tushmadi.
Transfermarkt hujumchini 1,5 million evroga baholamoqda.
Manba: olamsport.com
