logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Monterrey Open. "O'zbekcha final"da biroz kutilmagan natija qayd etildi

 24 AVGUST, 2026, 07:16

Meksikaning Monterrey shahrida WTA 500 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 1 million 206 ming 446 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tmoqda.

Xabar berganimizdek, Monterrey Open — WTA 500 turnirining saralash bosqichi hal qiluvchi final uchrashuviga O'zbekistonning birinchi xamda ikkinchi raketkalari - Kamilla Rahimova va Mariya Timofeeva etib kelgandi. Ularning har ikkisi saralashning 1/2 finalida raqibalarini uch set natijasiga ko'ra mag'lub etishgan edi.

Asosiy to'r chiptasi uchun kechgan ularning o'zaro final uchrashuvi ham uch set davom etdi. Birinchi set 6/3 hisobida Rahimova foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda xuddi shu hisobda Timofeeva g'alaba qozondi. Hal qiluvchi uchinchi set g'olibi tay-brekda aniqlandi. Unda Mariya zafar quchib, turnirning asosiy to'riga yo'llanmani qo'lga kiritdi - 7/6(1). 

Bu tennischilarimizning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:1. Timofeeva ilk bor Rahimovani taslim etdi. Ikki soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Mariya 4, Kamilla 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar saralash turnirida oltinchi raqam ostida harakat qilgan Rahimovada ko'proq bo'ldi - 9 ga 6.   

Taqqoslash uchun, Mariya Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 96, Kamilla Rahimova esa 83-o'rinni egallab turibdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ