Monterreyda o'zbek tennis derbisiga guvoh bo'lamiz!
23 AVGUST, 2026, 20:32
Meksikaning Monterrey shahrida o'tkazilayotgan WTA 500 turniri saralash bosqichida O'zbekiston vakilalari Mariya Timofeeva hamda Kamilla Raximova hal qiluvchi bahsda o'zaro to'qnash keladi.Birinchi bosqichda Mariya Timofeeva tailandlik Lanlana Tararudeni 7:6(5), 2:6, 7:6(4) hisobida mag'lub etdi.
Kamilla Raximova esa franciyalik Leolia Jinjan ustidan 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g'alaba qozondi.
Endi Monterreyda o'zbek tennis derbisi bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv g'olibasi turnirning asosiy to'riga yo'l oladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 24 avgust kuni tonggi 2:00 da boshlanishi belgilangan.
Monterrey Open — WTA 500 toifasidagi turnir bo'lib, bahslar qattiq qoplamali kortlarda o'tkaziladi. Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 1 206 446 dollarni tashkil etadi.
Manba: olamsport.com
