Promouter Joshua qanday holatda Fyuriga qarshi jangdan voz kechishini aytdi
21 AVGUST, 2026, 17:32
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirnning aytishicha, agar Tayson Fyuriga qarshi ehtimoliy jang Buyuk Britaniyadan tashqarida o'tkazilsa, uning mijozi jangdan chiqadi."Ha, agar bu jang Buyuk Britaniyada bo'lmasa, biz albatta undan chiqamiz. Aslida, buni “biz chiqamiz” deb aytish ham to'g'ri emas. Ular jangni Buyuk Britaniyada tashkil qilish majburiyatini olgan. Masala bizning jangdan voz kechishimizda emas.
Biz: “Tamom, jang bo'lmaydi”, demaymiz. Yoki: “Siz biz so'ragan barcha shartlarni bajardingiz va afsuski, jangni Amerikada o'tkazishga to'g'ri keladi”, deymiz, yoki: “SHartnomani hurmat qilinglar”, deymiz. Yo'l faqat ikkita", — dedi Xirn.
Manba: olamsport.com
