logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sexudo Xabib nega MMA tarixidagi eng buyuk jangchilar qatorida bo'lmasligi kerakligini tushuntirdi

 20 AVGUST, 2026, 18:32

UFC sobiq chempioni Genri Sexudo Xabib Nurmagomedovni MMA tarixidagi eng buyuk jangchilar qatoriga kiritmasligini aytdi.

"Yo'q, Xabib bu ro'yxatda yo'q. Uch marta chempionlik himoyasimi? Bu jiddiy emas, do'stim. Men Xabib Nurmagomedovni yaxshi ko'raman, lekin gap bu haqda emas. Odamlar faqat chempionlik himoyalariga qaraydi. Ko'p g'alabalar bilan suniy ravishda katta statistika ham to'plash mumkin. Men Xabibning holati aynan shunday demayapman.

Boshqacha tushuntiraman. Agar Islam Maxachev Ien Gerrini mag'lub eta olmaganida, o'z kamarini himoya qilmaganida, reytingda ancha pastlab ketgan bo'lardi. CHunki eng muhimi — g'alaba qozonish va keyin chempionlikni himoya qilish", — dedi Sexudo.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ