Grand Chess Tour: Javohir Sindarov covrindorlar safida
20 AVGUST, 2026, 10:16
AQSHning Sent-Luis shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha nufuzli Grand Chess Tour seriyasining hal qiluvchi bosqichi - Sinquefield Cup 2026 turniri yakunlandi.Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari ishtirok etgan turnir klassik shaxmat yo'nalishida 9 turdan iborat aylanma tizimida o'tkazildi. Javohir Sindarov ketma-ket ikki g'alabasidan keyin so'nggi 9-turda peshqadam va shu bilan birga musobaqaning amaldagi chempioni amerikalik Uesli Soga qarshi qora donalarda o'ynadi. Faqat g'alabagina Javohirga chempionlik uchun kurashish imkonini berar edi. Ammo murosasiz bahs durang natija bilan yakunlandi. Turning qolgan barcha partiyalarida ham grossmeysterlar durangga imzo chekishdi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
SHu tariqa, Javohir Sindarov 5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo'ldi. Germaniyalik Vinsent Keymer ham 5 ochko bilan bronza medaliga loyiq ko'rildi. Uesli So va hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha 5,5 ochkodan to'plashdi. CHempion qoidaga ko'ra tay-brekda aniqlandi. Unda So g'alaba qozonib, o'z chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uesli ikki karra chempionga aylandi.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
To'liq ishtirokchilar tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuana (AQSH), Pragnanandhaa Rameshbabu (Hindiston), Uesli So (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Anish Giri (Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Yorden van Forest (Niderlandiya), Sem Sevyan (AQSH).

Manba: olamsport.com
