logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Aleks Pereyraning jamoasi navbatdagi raqibni elon qildi

 20 AVGUST, 2026, 09:48

UFC`ning o'rta va yarim og'ir vazn toifalaridagi sobiq chempioni Aleks Pereyraning navbatdagi jangi haqida malumot berildi.

Uchinchi kamar uchun urinishi omadsiz chiqqan Pereyra amerikalik Josh Xokit bilan to'qnash kelishga tayyor. Bu haqda braziliyalik jangchining murabbiyi va ustozi Glover Teysheyra sport sharhlovchisi Ariel Xelvani bilan bo'lgan suhbatda malum qildi.

"Bizga uni chempionlik jangiga olib chiqadigan raqib kerak. Josh Xokit ko'p gapirib yubordi, shuning uchun men Aleksga aytdim: borib, uni nokautga uchrat, cho'qqiga qayt va o'z revanshingni ol", — dedi braziliyalik mutaxassis.

Joriy yilning iyun oyida Aleks Pereyra og'ir vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kurashib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Oq uyda o'tkazilgan turnirda u franciyalik Siril Ganga ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgandi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Josh Xokit esa o'sha turnirda tashkilotdagi to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritib, hamyurti Derrik Lyuisni ikkinchi raundda texnik nokaut bilan taslim etgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ