Rasman: "Yuventus" Vikarioni ijaraga oldi
18 AVGUST, 2026, 22:36
Darvozabon Gulelmo Vikario "Tottenxem"dan "Yuventus"ga o'tdi. Turin klubi 29 yoshli futbolchini ikki mavsumga ijaraga olganini rasman e'lon qildi.
Ijara uchun "Yuventus" hech qanday to'lov amalga oshirmaydi. Kelishuv yakunida esa turinliklar Vikarioni sotib olish huquqiga ega bo'ladi.
Darvozabonni to'liq xarid qilish qiymati 8 million evroni tashkil etadi. Bonuslar hisobiga transfer summasi yana 2 million evrogacha oshishi mumkin. Agar "Yuventus" Vikarioni sotib olishga qaror qilsa, transfer puli uch yil davomida to'lab boriladi.
"Yuventus" Italiya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 23 avgust, yakshanba kuni safarda "Frozinone"ga qarshi o'tkazadi.
