logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Liverpul" afsonasi jamoa tarkibini yana kuchaytirish zarurligini aytdi

 18 AVGUST, 2026, 22:18

"Liverpul" afsonasi Fil Tompsonning fikricha, Andoni Iraola yangi mavsumda chempionlik uchun kurasha olishi uchun klub yana 4-5 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashi kerak.

Sobiq sardorni, ayniqsa, himoya chizig'idagi tarkib chuqurligi tashvishga solmoqda. Ibraima Konate va Endi Robertson jamoani tark etganidan keyin "Liverpul" Jeremi Jakeni xarid qildi va Ronald Arauxoni ijaraga oldi. Biroq Tompson bu transferlar hali etarli emas, deb hisoblaydi.

"Bizga hali ham yangi futbolchilar kerak. Menimcha, turli pozitsiyalar uchun yana to'rt yoki besh nafar o'yinchini jalb qilish lozim", — deya Tompsonning so'zlarini keltiradi Goal.

Shuningdek, u "Liverpul" so'nggi transferlardan tushgan daromadlar hisobiga yangi futbolchilarni xarid qilish uchun etarli moliyaviy imkoniyatga ega ekanini ta'kidladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ