logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

O'zbekiston U-16 "Do'stlik"ni 6:0 hisobida tor-mor etdi

 18 AVGUST, 2026, 22:12

O'zbekiston U-16 terma jamoasi "Do'stlik" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Ayder Kurbaev boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz raqibini yirik — 6:0 hisobida mag'lub etdi.

O'zbekistonning gollariga Ro'zimurod Ro'zimurodov, Behruz Samatov, Kamoliddin Akbaraliev va Ulug'bek Xayrullaev mualliflik qildi. Yahyo Baxtiyorov esa dubl qayd etdi.

O'zbekiston U-16 — "Do'stlik" — 6:0

Gollar: Ro'zimurod Ro'zimurodov, Yahyo Baxtiyorov — 2, Behruz Samatov, Kamoliddin Akbaraliev, Ulug'bek Xayrullaev.

O'zbekiston U-16 boshlang'ich tarkibi:
Jasur Bahriddinov, Hojiakbar Zulfiqorov, Azizillo Erkinjonov (sardor), Abdulaziz Bobirov, Ro'zimurod Ro'zimurodov, Yahyo Baxtiyorov, Xasan Uralov, Fayz Achilov, Abdulloh Xolmamatov, Xusan Uralov, Shohjahon To'raqulov.

Zaxiradan Berdiev, Tilloev, Bahodirov, Nasrulloev, Abduvaliev, Mamatov, Abdujalilov, Uskenboev, Shuhratillaev, Eshboev, Xayrullaev, Akbaraliev, Ro'zimurodov va Samatov maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ