logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mourino "Real"dagi yangi vazifasini "missiya" deb atadi

 18 AVGUST, 2026, 22:12

Joze Mourino "Real" bosh murabbiyi lavozimiga qaytgani haqida fikr bildirdi.

"Bu — uyga qaytish. Hissiy jihatdan bu safar avvalgisidan ham go'zalroq. Chunki birinchi marta kelganimda dunyoning eng yuqori darajasiga chiqqanimni his qilgan edim, hozir esa barchasi ancha hissiyotli va qalbga yaqin.

Bu tuyg'ularni so'z bilan ifodalash qiyin... Bu xuddi bir missiyaga o'xshaydi. Gap o'zim haqimda qayg'urish yoki qancha sovrin yutishim haqida o'ylashda emas. Men bu erga hammani yaxshiroq qilish uchun keldim: futbolchilarni, klub xodimlarini... "Real" sharafini himoya qilishga munosib mehnat, mas'uliyat, katta maqsadlar va faxr madaniyatini yaratishni istayman. Menga bu tushuncha juda yoqadi", — deya Mourinyuning so'zlarini keltiradi AS.

"Real" navbatdagi uchrashuvini 22 avgust kuni safarda "Espanol"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ