logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Superliga. "Buxoro" "Neftchi"ni yirik hisobda mag'lub etdi

 18 AVGUST, 2026, 22:06

O'zbekiston Superligasining 18-turidan o'rin olgan "Buxoro" — "Neftchi" uchrashuvi mezbonlarning yirik g'alabasi bilan yakunlandi — 4:1.

Bahsda hisob 37-daqiqada ochildi. "Buxoro" yarim himoyachisi Sherzod Esanov penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan uchinchi daqiqada Nurmuhammad Abdug'aniev "Neftchi"ning javob golini urib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan "Buxoro" yana oldinga chiqdi. 46-daqiqada Sherzod Esanov dubl rasmiylashtirdi. 73-daqiqada Temur Mamasiddiqov mezbonlarning uchinchi golini urdi.

Uchrashuvga yakuniy nuqtani 90+2-daqiqada Vladimir Rodich qo'ydi. Uning golidan so'ng hisob 4:1 ko'rinishiga keldi.

Shu tariqa, Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Buxoro" o'z maydonida "Neftchi"ni yirik hisobda mag'lub etdi.

Superliga, 18-tur

"Buxoro" — "Neftchi" — 4:1

Gollar: Sherzod Esanov, 37-penalti (1:0), Nurmuhammad Abdug'aniev, 45+3 (1:1), Sherzod Esanov, 46 (2:1), Temur Mamasiddiqov, 73 (3:1), Vladimir Rodich, 90+2 (4:1).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ