logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Fabiu Silva uchun La Liga klublari kurashmoqda

 18 AVGUST, 2026, 21:54

Ispaniyaning "Betis" klubi Dortmundning "Borussiya"si hujumchisi Fabiu Silvaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Goal portali Bild nashriga tayanib xabar berdi.

Ma'lumotga ko'ra, "Betis" vakillari 24 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar o'tkazish uchun Dortmundga etib borgan.

Ispaniya klubi Silvani keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni istamoqda. Muayyan shartlar bajarilgan taqdirda, bu band majburiy xaridga aylanishi mumkin.

Biroq "Borussiya" ijara variantiga qiziqmayapti. Dortmundliklar futbolchini 22,5 million evroga sotishga tayyor. Klub o'tgan yozda Silvani "Vulverxempton"dan xuddi shu summaga xarid qilgan edi.

Fabiu Silvaning Germaniyadagi ilk mavsumi bir tekis o'tmadi. U jarohat sabab mavsumning bir qismini o'tkazib yubordi, keyin esa asosiy tarkib uchun kurashda Seru Girassini siqib chiqara olmadi. Portugaliyalik hujumchi mavsumni 3 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan yakunladi.

"Betis"dan tashqari, Silvaga "Real Sosedad" ham qiziqish bildirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ