logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Superliga. "So'g'diyona" Zaymovichning goli evaziga "Qizilqum"ni mag'lub etdi

 18 AVGUST, 2026, 21:48

O'zbekiston Superligasining 18-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" — "Qizilqum" uchrashuvi 2:1 hisobida jizzaxliklar foydasiga yakunlandi.

Zominda bo'lib o'tgan bahsda hisob 39-daqiqada ochildi. "So'g'diyona" futbolchisi Lyupcho Doriev raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo'limning 53-daqiqasida "Qizilqum" yarim himoyachisi Otabek Jo'raqo'ziev hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Uchrashuv taqdirini 75-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Dzenan Zaymovich hal qildi. Bosniya va Gertsegovina vakili gol urib, "So'g'diyona"ga 2:1 hisobidagi g'alabani keltirdi.

Shu tariqa, Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi "So'g'diyona" o'z maydonida Jamshid Saidovning "Qizilqum"ini mag'lub etdi.

Superliga, 18-tur

"So'g'diyona" — "Qizilqum" — 2:1

Gollar: Lyupcho Doriev, 39 (1:0), Otabek Jo'raqo'ziev, 53 (1:1), Dzenan Zaymovich, 75 (2:1).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ