Gavi "Barselona"da qolishni tanladi
18 AVGUST, 2026, 21:48
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi joriy yozda Angliya Premer-ligasining top klublaridan biriga o'tishi mumkin edi.
Mirror xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik Gavini o'z jamoasida ko'rishni istagan. "Qizil iblislar" jahon chempioni uchun 35 million funt, ya'ni taxminan 41 million evro to'lashga tayyor bo'lgan.
Biroq 22 yoshli futbolchi "Old Trafford"ga ko'chib o'tish variantini rad etgan. Gavi "Barselona"ni tark etish niyati yo'qligini ma'lum qilgan.
Gavi "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklarning asosiy jamoasi safida 166 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
